/ / Sardor Rahimxon - Avliyolar oramizda

Sardor Rahimxon - Avliyolar oramizda

Sardor Rahimxon - Avliyolar oramizda
  • Слушали: 1 049
  • Размер: 9.74 MB
  • Длительность: 05:16
  • Качество: 256 kbps
  • Дата релиза: 16.05.2020
Прослушать онлайн песню Sardor Rahimxon - Avliyolar oramizda в mp3 бесплатно
Скачать песню
Здесь Вы можете скачать mp3 Sardor Rahimxon - Avliyolar oramizda в высоком качестве 320 kbps бесплатно, или слушать песню с телефона и пк онлайн.
Клип на песню Sardor Rahimxon - Avliyolar oramizda
Текст песни Sardor Rahimxon - Avliyolar oramizda
Bir boy odam masjidga kirib, namoz o'qibdi
Namozdan so'ng, duo qilayotsa, yonida o'tirgan bir darveshnind so'zini eshitib qolibdi
"Ollohim qornim juda och, menga falon taom, falon shirinliklardan yetkazgin"
Boy ichida, bu darvesh menga eshtirish uchun
Ataylab ovozini chiqarib duo qilyapti,
Shu narsani o'zimga aytsa ham bo'lardiku
Shu qilgani uchun ham, unga hech narsa bermayman deb o'ylabdi.
Nafs ana shunday narsa, har ishga burnini suqaveradi.
Darvesh duolarini tugatib, o'rnidan turibdi,
So'ng maschitning bir chetiga borib yonboshlabdi.
Birozdan so'ng maschitga bir odam qo'lida savat bilan kirib kelibdi,
U to'g'ri darveshning oldiga borib, savatni uning oldiga qo'ydi,
Darvesh savatning ustini ochsa duosida so'ragan taom va shirinliklar turganemish
O'tirgan joyida hamma narsani ko'rib turgan boy, lol qoldi, angrayib qoldi
Darvesh taomdan ham shirinliklardan ham to'ygunigacha yeb,
Qolganini savatni olib kelgan odamga qaytarib berdi..
Haligi odam indamay savatni ko'tarib, masjiddan chiqib ketdi.
Boy sakrab turib savat ko'targan odamning orqasidan yugurdi
Yetib olgach, uni to'xtatib so'rabdi:
- Siz kimsiz?
- Bir hammolman
- Bu narsalarni kim yubordi?
- Hech kim, o'zim olib keldim
- Siz boyagi darveshni taniysizmi?
- Yo'q, tanimayman
- Ozingiz tanimagan, bilmagan odamga nega shuncha narsa olib keldingiz?
Hammol kishi kulib qoyib shunday dedi: "Bilasizmi, men bir faqir insonman. Odamlarning yukini tashib kun ko'raman. Bugun ajoyib bir voqea yuz berdi. Bugun bir boy odamni yukini tashib bergan edim.
Juda ko'p pul berib yubordi.
Xursand bo'lib ketdim.
Bozorga yugurdim.
Boshqa payt bolalarimga yedirolmagan taomlarni uyga olib bordim.
Rossa charchagan ekanman.
Ayolim ovqatni tayyorlaguncha uxlab qolibman.
Subxanolloh, Subxanolloh yaxshiyam uxlab qolibman.
Tushimda payg'ambarimiz S.A.A.V ni ko'rdim.
U zot menga shunday dedilar: " Manashu masjidda bir valiy inson o'tiribdi, u hozir mana shu taomlarni so'rab ollohga duo qildi.
Sen unga taomlaringdan, shirinliklaringdan olib borib yedirgin.
U bu taomlardan yegancha yesin.
Qolganlarini olib kelib, o'zing bola chaqang bilan yesang.
Senga barokat bo'ladi.
Shu ishni qilsang jannatga kirishing uchun kafil bo'laman"