/ / Sardor Rahimxon - Jannatdagi qasr egalari

Sardor Rahimxon - Jannatdagi qasr egalari

Sardor Rahimxon - Jannatdagi qasr egalari
  • Слушали: 2 340
  • Размер: 10.92 MB
  • Длительность: 05:54
  • Качество: 256 kbps
  • Дата релиза: 10.02.2020
Прослушать онлайн песню Sardor Rahimxon - Jannatdagi qasr egalari в mp3 бесплатно
Скачать песню
Здесь Вы можете скачать mp3 Sardor Rahimxon - Jannatdagi qasr egalari в высоком качестве 320 kbps бесплатно, или слушать песню с телефона и пк онлайн.
Клип на песню Sardor Rahimxon - Jannatdagi qasr egalari
Текст песни Sardor Rahimxon - Jannatdagi qasr egalari
Alaviylardan biri Balxda istiqomat qilar edi. Uning xotini ham balaviy bo'lib, qizlari bilan rohat farog'atda yashar edi. Kunlardan bir kuni u vafot etdi va xotini va qizlari qiyinchilik, faqirlikka mubtalo bo'lishdi. Dushmanlarning ichi qoraligidan qo'rqib, ayol qizlarni olib, boshqa shaharga ravona bo'ldi. Uning safari qattiq sovuqqa tog'ri keldi. SHaharga kirgach qizlarini eski kishilardan holi masjidlardan biriga joylashtirib, ularga yegulik istab yo'lga tushdi va ikkita jamoat oldidan o'tdi. Biri musulmon kishi jamoati bo'lib, u shahar oqsoqoli edi. Ikkinchisi majusiy kishi bo'lib,
u shahar noziri edi. Ayol dastlab musulmon kishiga o'z holini bayon qilib, " Men alaviy ayolman, yetim qizlarim bor, ularni eski masjidlardan biriga joylashtirib shu ko'chaga yegulik istab kelgandim " dedi. U kishi olijanob alaviy ekanliginga hujjat keltir dedi." Men g'arib ayolman, bu shaharda hech kim meni tanimaydi " degan edi, haligi kishi undan yuz ogirdi. Uning huzuridan ayol qalbi o'ksib uzoqlashdi va majusiy kishi huzuriga borib holini bayon qildi. Yetim qizlari borligini, o'zi oliynasab, g'arib ayolligini va musulmon kishi bilan o'rtalarida kechgan suhbatni so'zlab berdi. Majusiy borib ayol bilan qizlarini olib kelishga xotinini jo'natdi. Kelishgach, ularga mazzali taomlar va yaxshi yaxshi liboslar tortiq qildi. Ayol va qizlari majusiy xonadonda mo'l ko'lchilik va extirom ila tunab qoldilar. Tun yarim bo'lgach haligi musulmon kishi tushida qiyomat qoyin bo'lganligini ko'rdi. Paygambar S.A.A.V tepalariga alvon qadalgan edi.SHunda yashil zumratdan bino qilingan, ayvonlari lal va yoqutdan ishlangan, lal va marjon qubbali qasrga ko'zi tushdi. "Yo Rosulolloh bu qasr kimga" deb so'radi. U zot S.A.A.V "Ollohni bir deb biluvchi musulmon kishiga" deb javob berdilaar. "Yo Rosulolloh men ollohni bir deb bilguvchi musulmon kishiman" degan edi. Rosulolloh S.A.A.V unga javoban alaviy ayol senga murojaat qilganda, unga "Alaviy ekanliginga hujjat keltir" degan eding. "Xuddi shunday sen ham menga musulmon bo'lganing haqida hujjat keltir" dedilar. Kishi beva ayolni noumid qaytarganidan maxzun bo'lib uyg'ondi va shaharni aylanib uni surishtira boshladi. Ayol majusiynikida ekani malum bo'lgach, majusiyni chaqirtirib keldida, unga "Sendan oliynasab alaviy ayol va qizlarini menikiga jo'natishingni hohlayman" dedi. U "Buning sira iloji yo'q, chunki ularning barokatidan men ko'p narsalarga erishdim" dedi. "Ularni menga topshir evaziga ming dinor beraman" dedi. "Topshirmayman" dedi. "Ularni, ularni menga bermasang bo'lmaydi" degan edi. U "Sen hohlayotgan narsaga men haqdorroqman, tushingda ko'rgan qasr men uchun yaratilgan. Meni Islomga da`vat qilasanmi? Ollohga qasamki men va xonadon axlim barchamiz kecha kechqurun alaviy ayol qo'lida musulmon bo'ldik. Uxlab sen tushingda ko'rgan narsani men ham ko'rdim. Raulolloh S.A.A.V mendan "Alaviy ayol va qizlar senikidami" deb so'ragan edilar. Ha, yo Rosulolloh dedim. "Qasr senga va xonadoning axliga, sen va xonadoning axli jannat axlidansiz. Olloh seni zoi azaldan mo'min qilib yaratgan edi" dedilar" dedi. Musulmon kishi uyiga qaytdi u qanchalar afsus nadomat chekkan va qayg'uga botgani yolg'iz ollohga ayon.
Azizlar tul va yetimlarga qilingan yaxshilining sharofati va barokatini ko'rib qo'ying. Zotan Raulolloh S.A.A.V ham bejizga "Beva va yetimga yaxshilik qilish yo'lida harakat qiluvchi olloh yo'lida jihot qiluvchi kabidir" demaganlar