/ / Ahad Qayum - Oqibatlik do'stlar

Ahad Qayum - Oqibatlik do'stlar

Ahad Qayum - Oqibatlik do'stlar
  • Слушали: 1 422
  • Размер: 3.97 MB
  • Длительность: 02:07
  • Качество: 256 kbps
  • Дата релиза: 19.08.2020
Прослушать онлайн песню Ahad Qayum - Oqibatlik do'stlar в mp3 бесплатно
Скачать песню
Здесь Вы можете скачать mp3 Ahad Qayum - Oqibatlik do'stlar в высоком качестве 320 kbps бесплатно, или слушать песню с телефона и пк онлайн.
Клип на песню Ahad Qayum - Oqibatlik do'stlar
Текст песни Ahad Qayum - Oqibatlik do'stlar
Men yashayman bezab dil qasrin,
Tushunay deb hayotning aslin,
Chin mehrga diydorga tashna
Oqibatli do'stlar ko'paysin!

G'iybat qilmay turolmaslar bor ,
Baxting kulsa ko'rolmaslar bor,
Yiqilsang hol so'rolmaslar bor,
Oqibatli do'stlar ko'paysin!

Bir so'z aytsang siringni ochib,
Jigarim deb dardingni sochib,
Yiqilganda ketmasin qochib,
Oqibatli do'stlar ko'paysin!

Do'stlar borki, manfaat kutgan,
Do'stlar borki, qo'lingdan tutgan,
Do'stlar borki, lavzin unutgan,
Oqibatli do'stlar ko'paysin!

Ko'rsa ko'ngil yashnab ketganda,
Sog'inganda, yo'ling kutganda,
Bir so'z bilan qisqa aytganda,
Oqibatli do'stlar ko'paysin.

Ahad Qayum yozgin dil yorib,
Yaqinlardan yurma hech nolib,
Yo'qlab kelar bir yodga solib,
Oqibatli do'stlar ko'paysin.

Men yashayman bezab dil qasrin,
Tushunay deb hayotning aslin,
Chin mehrga diydorga tashna,
Oqibatli do'stlar ko'paysin!