/ / Ulug'bek baxshi - Xato qildik

Ulug'bek baxshi - Xato qildik

Ulug'bek baxshi - Xato qildik
  • Слушали: 6 070
  • Размер: 6.82 MB
  • Длительность: 4:57
  • Качество: 192 kbps
  • Дата релиза: 30.01.2021
Прослушать онлайн песню Ulug'bek baxshi - Xato qildik в mp3 бесплатно
Скачать песню
Здесь Вы можете скачать mp3 Ulug'bek baxshi - Xato qildik в высоком качестве 320 kbps бесплатно, или слушать песню с телефона и пк онлайн.
Текст песни Ulug'bek baxshi - Xato qildik
Olis olis ellarda boy bo’laman deb,
Boy bo’lsam osmonda oy bo’laman deb,
Bir yolg’onchi odamga qaydan ishondik,
Xato qildigey xato qildik-da.
Yonib bo’lgan yog’ochdek kul bo’lib qolma,
Ey akam, ey ukam o’zingdan qolma,
Mo’maygina osongina pul topaman deb,
Yolg’onlarga ishonib qul bo’lib qolma.
Ishxonamda yaxshigina ishlab yurovdim,
Ozmi ko’pmi oyligimni olib yurovdim
Goh gohida peshonamga mushtlab yurovdim
Xato qildigey xato qildik-da.
E y do’stlar ikarusda 14 yurdik,
Goh o’tirdik, goh suyandik goh tikka turdik,
Oyoqlarim shishib ketdi ming azob ko’rdik
Xato qildigey xato qildik-da.
Ikarusda o’ziyam 100 kishi ketdik
15-kuni manzilga yetdik
Bilolmadim , bilolmadik qaylarga yetdik
Xato qildigey xato qildik-da.
Bizni oborgan odam qayga yo’qoldi
Yuraklari motorday birdan o’t oldi
Rabotay deb bittasi so’kinib qoldi
Xato qildigey xato qildik-da.
Rossiyada ming dollerdan oylik olasan
Oylik olasan a "œmana" olasan.
Bu ketishda bir kuni gadoy bo’lasan
Xato qildigey xato qildik-da.
Och qoringa emaklab zo’rg’a ishladik
Bir o’rmonda 2 yil bepul ishladik
2 yilda do’stlarim yo’l puli ishladik
Xato qildigey xato qildik-da.
Bir oshnam 10 kishini sotib yubordi
Passportniyam sumkaniyam yoqib yubordi
Rossiyada 1000 dollerdan pul topaman deb
Xato qildigey xato qildik-da.
Qalin qorda karamga agat olamiz
Samagondan yashirincha madad olamiz
Bilib qolsa soldatlardek shagat qilamiz
Xato qildigey xato qildik-da.
Bir buxanka 10 kishiga qanday yetadi
2 yildan beri kunlar shunday o’tadi
Och qoringa kartoshkayam moyday ketadi
Xato qildigey xato qildik-da.
Bratan degani nima degani
Bratan degani aka degani
Karamdan boshqa narsa yo’qmi yegani
Xato qildigey xato qildik-da.
Xotingayam 2 yilda yozolmadim xat
Oshnalar , do’stlarim sizga nasihat
Olis olis ellarda boy bo’laman deb
Xato qildigey xato qildik-da.
Samolyotga yashirincha bilet oldik-da
Bir amallab 4 kishi qochib qoldikda
Bo’lmasa 5 yildayam kelolmas edik
Xato qildigey xato qildik-da.
Ne bo’lsam sen bilan bo’layin vatan
Tuprog’ing ko’zimga surayin vatan
O’lsam ham bag’ringda o’layin vatan
Xato qildigey xato qildik-da.
Uyga kelsam xotin ham tashlab ketibdi
Bolalarni o’zi bilan boshlab ketibdi
Qishlog’iga ko’zlarini yoshlab ketibdi
Xato qildigey xato qildik-da.
Prosti xotin meni prosti dedim
Qorin ochqab ketdi palov qil dedim
Boshimga yaxshilab bir o’qlov yedim
Xato qildigey xato qildik-da.
Olis olis ellarda boy bo’laman deb,
Boy bo’lsam osmonda oy bo’laman deb,
Bir yolg’onchi odamga qaydan ishondik,
Xato qildigey xato qildik-da.
 Eli yurti uchun mehnat qilganlar
Halol mehnat qilib rizqin yeganlar
Ulug’bek baxshiga muxlis bo’lganlar
Har kuni kasbingizga Baraka bersin..