/ / Munshidaat guruhi - Ramazon keldi

Munshidaat guruhi - Ramazon keldi

Munshidaat guruhi - Ramazon keldi
  • Слушали: 1 357
  • Размер: 3,63 MB
  • Длительность: 3:58
  • Качество: 128 kbps
  • Дата релиза: 31.03.2022
Прослушать онлайн песню Munshidaat guruhi - Ramazon keldi в mp3 бесплатно
Скачать песню
Здесь Вы можете скачать mp3 Munshidaat guruhi - Ramazon keldi в высоком качестве 320 kbps бесплатно, или слушать песню с телефона и пк онлайн.
Текст песни Munshidaat guruhi - Ramazon keldi
Quyoshni ham kuldirib,
Qalbga surur to'ldirib.
Do'stlarni suyuntirib,
Ramazon keldi, Ramazon.

Sahar turing yoronlar,
Xatm qiling Quronlar.
Dod devorsin shaytonlar,
Ramazon keldi, Ramazon.

Ramazon keldi, Ramazon,
Muborak bo'lsin Ramazon sizga,
Muborak bo'lsin Ramazon bizga.
Bayram, bayram o'g'il-qizga,
Ramazon keldi, Ramazon.

Sergaklik vaqti bo'lgan,
Mo'minning ahdi bo'lgan.
Islomning fathi bo'lgan,
Ramazon keldi, Ramazon.

G'aflat oyi emas bu,
Nafrat oyi emas bu.
Rahmat oyi demak bu,
Ramazon keldi, Ramazon.

Ramazon keldi, Ramazon,
Muborak bo'lsin Ramazon sizga,
Muborak bo'lsin Ramazon bizga.
Bayram, bayram o'g'il-qizga,
Ramazon keldi, Ramazon.

Yeng shimaring toatga,
Iymonli halovatga.
Erishing saodatga,
Ramazon keldi, Ramazon.

Bu oy mardu-maydondur,
Bandam degan Rahmondur.
Kutib turgan rayyondur,
Ramazon keldi, Ramazon.

Ramazon keldi, Ramazon,
Muborak bo'lsin Ramazon sizga,
Muborak bo'lsin Ramazon bizga.
Bayram, bayram o'g'il-qizga,
Ramazon keldi, Ramazon.

Ramazonda sabr bor,
Yetti yuz qat ajr bor.
Ming oyga teng qadr bor,
Ramazon keldi, Ramazon.

Savob ishda ildam bo'l,
Islomda peshqadam bo'l.
Ey Mahbubiy mahkam bo'l,
Ramazon keldi, Ramazon.

Ramazon keldi, Ramazon,
Muborak bo'lsin Ramazon sizga,
Muborak bo'lsin Ramazon bizga.
Bayram, bayram o'g'il-qizga,
Ramazon keldi, Ramazon.

Muborak bo'lsin Ramazon sizga,
Muborak bo'lsin Ramazon bizga.
Bayram, bayram o'g'il qizga,
Ramazon keldi, Ramazon