/ / Jaloliddin Ahmadaliyev - Ona nolasi

Jaloliddin Ahmadaliyev - Ona nolasi

Jaloliddin Ahmadaliyev - Ona nolasi
  • Слушали: 869
  • Размер: 12,08 MB
  • Длительность: 5:14
  • Качество: 320 kbps
  • Дата релиза: 06.02.2022
Прослушать онлайн песню Jaloliddin Ahmadaliyev - Ona nolasi в mp3 бесплатно
Скачать песню
Здесь Вы можете скачать mp3 Jaloliddin Ahmadaliyev - Ona nolasi в высоком качестве 320 kbps бесплатно, или слушать песню с телефона и пк онлайн.
Текст песни Jaloliddin Ahmadaliyev - Ona nolasi
Devorlarni ushlab yura boshlasam
Gaplarim noto'g'ri qura boshlasam
Kallayi saharlab tura boshlasam
Menga qovog'ingni o'yma jon bolam
Aslo yolg'izlatib qo'yma jon bolam

Choyimga bo'ktirib yesam nonimni
Xotining koyisa olmay yonimni
Qiyin qiynoqlarga qo'yib jonimni
Menga qovog'ingni o'yma jon bolam
Aslo yolg'izlatib qo'yma jon bolam
Bolam bolam bolam
Bolam hey bolam
Bolam bolam bolam
Bolam hey bolam

Bir gapni o'n marta qaytarib aytsam
Nonga deb ketsamu non olmay qaytsam
Bir kun sog' o'n besh kun to'shakda yotsam
Menga qovog'ingni o'yma jon bolam
Aslo yolg'izlatib qo'yma jon bolam

Qimmat idishlaring sindirib qo'ysam
Ko'rpamni quyoshga ildirib qo'ysam
Ustimdan hammani kuldirib qo'ysam
Menga qovog'ingni o'yma jon bolam
Aslo yog'izlatib qo'yma jon bolam
Mehmoning kelganda o'tiraman jim
Onang ekanimni bilmaydi hech kim
Xonamga qamasang og'riydi ko'nglim
Menga qovog'ingni o'yma jon bolam
Aslo yog'izlatib qo'yma jon bolam

O'ksib yig'layversam xuda behuda
Birontani qumsab qolsam gohida
To'rdan go'rim yaqin bo'lgan chog'ida
Menga qovog'ingni o'yma jon bolam
Aslo yog'izlatib qo'yma jon bolam