/ / Tohir Mahkamov - Mening hayotim

Tohir Mahkamov - Mening hayotim

Tohir Mahkamov - Mening hayotim
  • Слушали: 8
  • Размер: 9.76 MB
  • Длительность: 4:15
  • Качество: 320 kbps
  • Дата релиза: 03.02.2026
Прослушать онлайн песню Tohir Mahkamov - Mening hayotim в mp3 бесплатно
Скачать песню
Здесь Вы можете скачать mp3 Tohir Mahkamov - Mening hayotim в высоком качестве 320 kbps бесплатно, или слушать песню с телефона и пк онлайн.
Текст песни Tohir Mahkamov - Mening hayotim
Menga tegmang sizdan bitta o'tinchim
Borliq sizga bo'lsin azaldan abad
Alamim g'ururim shodlik o'kinchim
Bu mening hayotim meniki faqat

To'ydirdi dunyoning huzur ozori
To'ymaganim faqat onam diydori
Gunohu savobi yo'g'iyu bori
Bu mening hayotim meniki faqat

Ortiq hoy havasga ishqim yo'q mening
Chunki xushomadga xushim yo'q mening
Kim ne desa desin ishim yo'q mening
Bu mening hayotim meniki faqat

Qachonlardur ko'zim kulgan bilaman
Kimlardur zor kutgan izim bilaman
O'zimdan o'tganin o'zim bilaman
Bu mening hayotim meniki faqat

Dunyo ostonanga bosh urib keldim
Og'ring yelkamdan oshirib keldim
Lekun yuragimni yashirib keldim
Bu mening hayotim meniki faqat

Muhabbat haqida ikki og'iz so'z
Yodimda qolgani bir juft qora ko'z
U ham menga nasib etmagan ey do'st
Bu mening hayotim meniki faqat

Bo'ldi bo'ldi ortig'iga javob bermayman
Azob berganlarga azob bermayman
Xudodan boshqaga xisob bermayman
Bu meni hayotim meni hayotim