Ozodbek Nazarbekov - Uyg'on o'g'lim

- Слушали: 28
- Размер: 1.15 MB
- Длительность:
- Качество: kbps
- Дата релиза: 30.08.2025
Здесь Вы можете скачать mp3 Ozodbek Nazarbekov - Uyg'on o'g'lim в высоком качестве 320 kbps бесплатно,
или слушать песню с телефона и пк онлайн.
Текст песни Ozodbek Nazarbekov - Uyg'on o'g'lim
Ozod o‘g‘lim, hur o‘g‘lim,
Har oning huzur, o‘g‘lim.
Shahdingdan kun yorishsin,
Yuzi yorug‘ nur, o‘g‘lim.
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
El bo‘lsa yigit joni,
Sel kabi jo‘shar qoni.
Vatan desa dunyoni
Ikki chetga sur, o‘g‘lim.
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
Nafs ipin uzar bo‘lsang,
Baxt ichra suzar bo‘lsang,
Bir esking buzar bo‘lsang,
Avval o‘nta qur, o‘g‘lim!
Bizning ilm maktabi,
Bo‘lgan dunyo matlabi.
Buxoriy bobong kabi
Qilgin tafakkur, o‘g‘lim.
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim,
G‘aflatdan yuz bur, o‘g‘lim.
Bo‘l hammadan zo‘r, o‘g‘lim,
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
Ulug‘bek osmonida
Yulduz bo‘l, oy yonida.
Beruniy ummonida
Bo‘l marvarid, dur, o‘g‘lim!
El koriga bo‘lsang shay,
Seni kaftimda tutay.
Bobong Manguberdiday,
O‘zni tut mag‘rur, o‘g‘lim!
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim,
G‘aflatdan yuz bur, o‘g‘lim.
Bo‘l hammadan zo‘r, o‘g‘lim,
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
Avlodning baxtga mosi,
Ajdodlarga bo‘l xosi.
Bibixonim momosi,
Bobosi Temur, o‘g‘lim.
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
Yo‘lingda qancha chohlar,
Uyg‘onmasliging xohlar.
Sen esa shunday chog‘lar
Bo‘l qaytmas jasur, o‘g‘lim.
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
Yasha yurtni sha'nim deb,
Har yerin chamanim deb.
Hayqirib: “Vatanim!”- deb,
Et faxr-u g‘urur, o‘g‘lim.
Biz - o‘tmish, sen - kelajak,
Umring baxtga to‘lajak.
O‘zginamning bo‘lajak
Navoiy, Bobur, o‘g‘lim!
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim,
G‘aflatdan yuz bur, o‘g‘lim.
Bo‘l hammadan zo‘r, o‘g‘lim,
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim
Har oning huzur, o‘g‘lim.
Shahdingdan kun yorishsin,
Yuzi yorug‘ nur, o‘g‘lim.
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
El bo‘lsa yigit joni,
Sel kabi jo‘shar qoni.
Vatan desa dunyoni
Ikki chetga sur, o‘g‘lim.
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
Nafs ipin uzar bo‘lsang,
Baxt ichra suzar bo‘lsang,
Bir esking buzar bo‘lsang,
Avval o‘nta qur, o‘g‘lim!
Bizning ilm maktabi,
Bo‘lgan dunyo matlabi.
Buxoriy bobong kabi
Qilgin tafakkur, o‘g‘lim.
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim,
G‘aflatdan yuz bur, o‘g‘lim.
Bo‘l hammadan zo‘r, o‘g‘lim,
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
Ulug‘bek osmonida
Yulduz bo‘l, oy yonida.
Beruniy ummonida
Bo‘l marvarid, dur, o‘g‘lim!
El koriga bo‘lsang shay,
Seni kaftimda tutay.
Bobong Manguberdiday,
O‘zni tut mag‘rur, o‘g‘lim!
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim,
G‘aflatdan yuz bur, o‘g‘lim.
Bo‘l hammadan zo‘r, o‘g‘lim,
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
Avlodning baxtga mosi,
Ajdodlarga bo‘l xosi.
Bibixonim momosi,
Bobosi Temur, o‘g‘lim.
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
Yo‘lingda qancha chohlar,
Uyg‘onmasliging xohlar.
Sen esa shunday chog‘lar
Bo‘l qaytmas jasur, o‘g‘lim.
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
Yasha yurtni sha'nim deb,
Har yerin chamanim deb.
Hayqirib: “Vatanim!”- deb,
Et faxr-u g‘urur, o‘g‘lim.
Biz - o‘tmish, sen - kelajak,
Umring baxtga to‘lajak.
O‘zginamning bo‘lajak
Navoiy, Bobur, o‘g‘lim!
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim,
G‘aflatdan yuz bur, o‘g‘lim.
Bo‘l hammadan zo‘r, o‘g‘lim,
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim
Рекомендованные песни