/ / Otabek Odilov - Ketgim kelmayapti Onajon (cover)

Otabek Odilov - Ketgim kelmayapti Onajon (cover)

Otabek Odilov - Ketgim kelmayapti Onajon (cover)
  • Слушали: 86
  • Размер: 1.88 MB
  • Длительность: 2:03
  • Качество: 128 kbps
  • Дата релиза: 14.05.2024
Прослушать онлайн песню Otabek Odilov - Ketgim kelmayapti Onajon (cover) в mp3 бесплатно
Скачать песню
Здесь Вы можете скачать mp3 Otabek Odilov - Ketgim kelmayapti Onajon (cover) в высоком качестве 320 kbps бесплатно, или слушать песню с телефона и пк онлайн.
Текст песни Otabek Odilov - Ketgim kelmayapti Onajon (cover)
Shamollar uyg’ondi, barg hayajonda,
Hatto yer ostida qo’zg’aldi ilon.
Dunyo ko’zlarini ochayotganda,
Ketgim kelmayapti, onajon.
O’ngirlarda kezar muzdek havolar,
Ishqalab qobog’in ko’tarar osmon.

Mana shu bog’larni ko’rmasdan turib,
Ketgim kelmayapti, onajon.
Qizlarning ovozi kelyapti munis,
Ishq desam, daftarga sachrab ketdi qon.
Suymasa suymapti bir chiroyli qiz,
Dunyoda qiz kammi, onajon?
Suymasa suymapti bir chiroyli qiz,
Dunyoda qiz kammi, onajon?
Begunoh bittadir, u ham osmonda,
Qo’lga chivin qo’ndi – quvmoqqa yo’q jon.
Chivinlar, chumchuqlar yurgan jahonda
Menga joy yo’qmidi, onajon?
Garchand mungli qo’shiqlar aytdim,
Garchand azob ko’rdim mudom bepoyon,
Men hali dunyodan to’ygan yo’q edim,
Dunyo to’ydimikan mendan, onajon?
Men hali dunyodan to’ygan yo’q edim,
Dunyo to’ydimikan mendan, onajon?