/ / Ro'zimuhammad To'htaboyev - Ketar

Ro'zimuhammad To'htaboyev - Ketar

Ro'zimuhammad To'htaboyev - Ketar
  • Слушали: 160
  • Размер: 5,21 MB
  • Длительность: 5:41
  • Качество: 128 kbps
  • Дата релиза: 11.06.2023
Прослушать онлайн песню Ro'zimuhammad To'htaboyev - Ketar в mp3 бесплатно
Скачать песню
Здесь Вы можете скачать mp3 Ro'zimuhammad To'htaboyev - Ketar в высоком качестве 320 kbps бесплатно, или слушать песню с телефона и пк онлайн.
Текст песни Ro'zimuhammad To'htaboyev - Ketar
Yaraqlagan uylaring chang bo’lsayam siqilma,
Ro’zg’oringda bir nima kam bo’lsayam siqilma.
Yo’qchilikdan kunda bir jang bo’lsayam siqilma,
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.
Chaynayotgan noningni bolamga deb o’lasan,
Katta bo’lsa gap bilan bir siltasa so’lasan,
Bino qo’yma, siylama, po’palama, ko’rasan,
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.

Qariganda g’alvani ko’tarolmas yuraging,
Qani ota-onalar suyanchig’ing-tirgaging,
Yotib qolsang, og’risang, kimga bo’lar keraging,
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.
G’amni olsang ko’nglingga to’lib ketaverasan,
Oftob urgan maysaday so’lib ketaverasan,
Yuragingni changallab o’lib ketaverasan,
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.

O’zin boqqaning qolib, bolasin ham boqasan,
Kuch-quvvating borida hammasiga yoqasan,
O’zing uchun bir bora chiqqanmisan boqqa sen?
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.
Uylantirib bolangni, bo’lak qilgin uyini,
O’zi tortsin ro’zg’orning tashvishini-o’yini,
Ko’rib tursang bo’lgani sog’-salomat bo’yini,
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.
Ta’ma qilsang bir nonni chimirilar qoshlari,
Sensiz pishib yeyilar yog’liqqina oshlari,
Yugurishar oldingga og’rib qolsa boshlari,
O’g’ling yeb o’rga ketar, qizing yeb qirga ketar.